Biznes uchun huquqiy tayanch yaratamiz
ABACUS — Toshkentdagi yuridik firma. Mahalliy va xalqaro kompaniyalarni faoliyatining barcha bosqichlarida huquqiy qo‘llab-quvvatlaymiz — biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishdan tortib uni tugatishgacha.
Mijozlarimiz ishini osonlashtiramiz
ABACUS jamoasi turli murakkablikdagi tijorat, investitsiya, infratuzilma va transchegaraviy loyihalarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega 25 nafardan ortiq yurist va maslahatchini birlashtiradi. Firma tarkibida advokatlar, shuningdek korporativ, shartnoma, soliq va mehnat huquqi, nizolarni hal etish, xalqaro arbitraj, bank va moliya sohasini tartibga solish, axborot texnologiyalari, intellektual mulk, M&A, tashqi iqtisodiy faoliyat, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish va yuridik amaliyotning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar faoliyat yuritadi.
Jamoaviy yondashuv
Biz jamoaviy yondashuv tamoyili asosida ishlaymiz. Har bir loyiha ustida bir vaqtning o‘zida bir nechta amaliyot yo‘nalishi mutaxassislari ishlaydi, shu bois loyihaning barcha korporativ, soliq, regulyativ, sud va tijorat jihatlari hisobga olinadi. Bunday yondashuv xatarlarni har tomonlama baholash va qarorlarni tez qabul qilishni ta’minlaydi, shuningdek loyihalarni tashqi maslahatchilarni jalb qilmasdan olib borish imkonini beradi.
Texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot
Texnologik biznes va raqamli iqtisodiyot loyihalariga huquqiy xizmat ko‘rsatish firma faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Alohida yuristlar jamoasi IT-kompaniyalar, startaplar va raqamli platformalarni huquqiy qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan va loyihalarga rivojlanishning barcha bosqichlarida — yuridik tuzilmani yaratish va intellektual mulk huquqlarini rasmiylashtirishdan tortib investitsiyalarni jalb qilish, biznes ko‘lamini kengaytirish va xalqaro bozorlarga chiqishgacha — yordam beradi.
ABACUS yuristlari elektron tijorat, marketpleyslar, SaaS-platformalar, moliyaviy texnologiyalar, to‘lov xizmatlari, tibbiyot va ta’lim texnologiyalari, mobil ilovalar, bulutli yechimlar, IT-autsorsing, sun’iy intellekt, raqamli marketing, telekommunikatsiyalar va shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish sohalaridagi loyihalarda ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega. Jamoa dasturiy ta’minotni litsenziyalash, foydalanuvchi hujjatlarini ishlab chiqish, elektron hujjat aylanishi, raqamli to‘lovlar, intellektual mulkni himoya qilish, ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish, komplayens, reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hamda davlat regulyatorlari bilan o‘zaro munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahat beradi.
Sohalar va yirik loyihalar
Axborot texnologiyalari sohasidagi loyihalardan tashqari, firma energetika, neft-gaz, qurilish va ko‘chmas mulkni rivojlantirish, bank sektori, ishlab chiqarish, transport va logistika, telekommunikatsiyalar, tibbiyot va farmatsevtika, sanoat hamda chakana savdo sohalaridagi eng yirik bitimlar va investitsiya loyihalarida yuridik maslahatchi sifatida ishtirok etadi. Jamoa EPC va FIDIC shartnomalari, davlat-xususiy sheriklik loyihalari, loyihaviy moliyalashtirish, korporativ qayta tuzish, M&A bitimlari, uskunalarni transchegaraviy yetkazib berish, valyuta va soliq jihatidan tuzilmalashtirish bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatishda, shuningdek davlat organlari, xalqaro investorlar va moliya institutlari bilan ishlashda katta tajribaga ega.
Nizolarni hal etish
Amaliyotning alohida yo‘nalishi — nizolarda mijozlar manfaatlarini himoya qilish. ABACUS mutaxassislari nizoni hal etishning barcha bosqichlarida — huquqiy audit va muzokaralardan tortib sudda vakillik qilish va xalqaro arbitrajgacha — mijozlarga huquqiy yordam ko‘rsatadi. Jamoa iqtisodiy, korporativ, ma’muriy, fuqarolik va jinoyat ishlarini, shu jumladan yirik investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar bo‘yicha ishlarni muvaffaqiyatli olib bormoqda.
Xalqaro amaliyot
Firma amaliyotida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini chuqur bilish xalqaro loyihalarga huquqiy xizmat ko‘rsatish tajribasi bilan uyg‘unlashgan. Firma yuristlari mijozlarga korporativ boshqaruv, xalqaro savdo, tashqi iqtisodiy faoliyat, monopoliyaga qarshi tartibga solish, komplayens, sanksiyaviy cheklovlar, valyuta qonunchiligi va xalqaro tijorat huquqi masalalari bo‘yicha maslahat beradi. Loyihalarning salmoqli qismi O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan xorijiy investorlar va kompaniyalar ishtirokida amalga oshiriladi.
Jamoa va malaka
Mutaxassislarimizning kasbiy tayyorgarligi O‘zbekiston, Yevropa va Rossiyaning yetakchi universitetlarida olingan ta’lim, xalqaro malakalar, advokat va professional mediator maqomi, shuningdek Markaziy Osiyo va MDH mamlakatlarida, Yevropa, Xitoy, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy tajribani o‘z ichiga oladi. Malakani doimiy oshirib borish va xalqaro kasbiy hamjamiyat faoliyatida ishtirok etish jamoaga mahalliy tartibga solish xususiyatlarini hisobga olgan holda jahonning ilg‘or yuridik amaliyotini qo‘llash imkonini beradi.
Mijozlar uchun ABACUS — shunchaki yuridik firma emas, balki biznesning o‘ziga xos jihatlarini chuqur tushunadigan, huquqiy masalalarni har tomonlama hal etishni o‘z zimmasiga oladigan va loyihalarni amalga oshirishning har bir bosqichida qo‘llab-quvvatlaydigan uzoq muddatli hamkor. Biz alohida hujjatlarni tayyorlash yoki bir martalik maslahatlar bilan cheklanib qolmaymiz: xatarlarni kamaytirish, mijoz manfaatlarini himoya qilish va uning biznes maqsadlariga erishishga qaratilgan samarali huquqiy strategiyani ishlab chiqamiz.

Faoliyatimiz raqamlarda
Yuridik xizmatlar bozorida
Firma 2017-yildan beri faoliyat yuritadi
Jamoadagi mutaxassis
Yuristlar, advokatlar va maslahatchilar
Amalga oshirilgan loyiha
Tijorat, investitsiya va infratuzilma loyihalari
Mijoz
O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlardan
IT va raqamli texnologiyalar sohasidagi loyiha
ABACUS tomonidan huquqiy qo‘llab-quvvatlangan
Iqtisodiyot sohasi
Firma amaliyoti qamrab olgan
Mamlakat
Mijozlarning xalqaro miqyosdagi faoliyati
Xalqaro reyting
Bizni jahon reytinglari e’tirof etadi
Ish yo‘nalishlari

Masalangizni muhokama qilamiz
Murojaatni dastlabki ko‘rib chiqish bepul. Ish kunlarida 24 soat ichida javob beramiz.