Yangiliklar

ABACUS IFLR1000 reytingida

ABACUS 2026-yilda IFLR1000 xalqaro reytingida O‘zbekiston bo‘yicha «Moliya va korporativ huquq» (Financial & Corporate) hamda «Loyihalarni rivojlantirish» (Project Development) yo‘nalishlarida e’tirof etildi.

IFLR1000 — biznes uchun mo‘ljal

IFLR1000 moliyaviy, korporativ va investitsiya loyihalarini olib boruvchi yuridik firmalarni baholashga ixtisoslashgan. Reyting xalqaro biznesga turli yurisdiksiyalardagi yuridik xizmatlar bozorida yo‘l topishga yordam beradi.

Jamoa malakasining e’tirofi

  • Akmal Sharopov — Notable Practitioner (e’tirof etilgan mutaxassis), Financial & Corporate, Project Development;
  • Valentina Sitnikova — Rising Star (istiqbolli mutaxassis), Financial & Corporate.

Bu mijoz uchun nimani anglatadi

  • murakkab loyihalar bilan ishlash tajribasi;
  • korporativ va moliya huquqi bo‘yicha malaka;
  • investitsiya jarayonlarini tushunish;
  • xalqaro biznesni huquqiy qo‘llab-quvvatlash;
  • qurilish va ko‘chmas mulk sohasidagi loyihalar bilan ishlash.

Korporativ tuzilmalashtirish va investitsiyalardan tortib IT, M&A, ko‘chmas mulk va yirik loyihalarni rivojlantirishgacha. ABACUS — O‘zbekistonda biznes uchun huquqiy hamkor.

Reyting haqida ABACUS Telegram-kanalida batafsil so‘zlab berdik.

Matbuot markazi

Nashr mavzusi bo‘yicha savolingiz bormi?

ABACUS yuristlari qonunchilikdagi o‘zgarishlarni biznesingiz nuqtai nazaridan sharhlab beradi

+998 97 733 30 40