Oliy Majlis Senati «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunni ma’qulladi. Bu qonun startaplar, IT-kompaniyalar, investorlar va venchur fondlar uchun yangi xalqaro huquqiy muhit bo‘lgan ENTERPRISE UZBEKISTAN tashkil etilishiga yo‘l ochadi.
Markaz zamonaviy xalqaro huquqiy vositalarni, biznes uchun maxsus shart-sharoitlarni va IT Park Uzbekistan ekotizimi imkoniyatlarini birlashtirib, texnologik kompaniyalar rivojlanishi uchun qulay muhit yaratadi.
Qanday model shakllanmoqda
Ingliz huquqi tamoyillariga asoslangan maxsus biznes yuritish rejimi. Modelning asosiy elementlari:
- korporativ va shartnomaviy mexanizmlar;
- regulyativ «qum qutisi»;
- maxsus soliq va bojxona shart-sharoitlari;
- investitsiyalar, intellektual mulk va ma’lumotlar himoyasi.
Bu biznesga nima beradi
Markaz texnologik va investitsiya biznesini tuzilmalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi:
- xolding tuzilmalari;
- alohida loyihalar uchun maxsus kompaniyalar;
- qo‘shma korxonalar;
- venchur va investitsiya tuzilmalari;
- xorijiy investorlarni jalb qilish modellari;
- intellektual mulkka egalik qilish va uni tijoratlashtirish tuzilmalari.
ENTERPRISE UZBEKISTAN va IT Park
Markaz IT Park Uzbekistan ekotizimi bilan integratsiyalashadi. Bu texnologik kompaniyalar va startaplar bilan hamkorlik qilish, investitsiya va akseleratsiya dasturlarida qatnashish, shuningdek, xalqaro sheriklik aloqalari, infratuzilma va bozorlarga chiqish vositalaridan foydalanish imkonini beradi.
Oldindan nimalarni aniqlab olish muhim
Tuzilmani tanlashdan oldin quyidagilarni baholash zarur:
- egalik va boshqaruv tuzilmasi;
- investitsiya vositasi;
- investorlar va asoschilar huquqlarini himoya qilish;
- intellektual mulk tuzilmasi;
- soliq va transchegaraviy jihatlar;
- komplayens va ma’lumotlarni himoya qilish talablari;
- keyingi moliyalashtirish va investitsiyadan chiqish.
Tuzilma nafaqat kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazishga, balki kelgusidagi biznes-modelga ham mos kelishi kerak.
Bizning amaliyotimiz
Biz texnologik va investitsiya loyihalarini tuzilmani tanlashdan tortib investitsiya modelini amalga oshirishgacha huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaymiz:
- xolding tuzilmalari, maxsus kompaniyalar va qo‘shma korxonalar;
- venchur va korporativ bitimlar;
- SAFE kelishuvlari va konvertatsiya qilinadigan vositalar;
- investitsiya fondlari;
- korporativ boshqaruv;
- intellektual mulkni tuzilmalashtirish;
- komplayens va ma’lumotlarni himoya qilish.
Yangi yurisdiksiya haqida ABACUS Telegram-kanalida batafsil so‘zlab berdik.
