Komilabonu Qurbonova

Komilabonu Qurbonova

Yurist

Raqamli biznes

Butun jamoa
Faoliyati

Korporativ va mehnat huquqi, shartnomalar bilan ishlash, intellektual mulk huquqi, axborot texnologiyalari huquqi va kiberxavfsizlik, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishga ixtisoslashgan.

Yurist haqida

Komilabonu ABACUS jamoasida mijozlarning bitimlari va loyihalarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, kompaniyalarga korporativ va mehnat huquqi masalalari bo‘yicha maslahat beradi. Uning amaliyoti intellektual mulk, axborot texnologiyalari huquqi, kiberxavfsizlik va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishni ham qamrab oladi.

Shartnomalar, korporativ hujjatlar va mehnat munosabatlariga oid hujjatlarni tayyorlaydi hamda huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi. U yuristlar uchun sun’iy intellekt asosidagi yordamchini ishlab chiqish loyihasida huquqiy ko‘mak ko‘rsatgan.

Toshkent davlat yuridik universitetida bakalavriat (LL.B., 2020–2025) va magistraturani (LL.M., 2025–2026) tamomlagan. 2026-yildan shu universitetning doktoranturasida (PhD) tahsil olmoqda. 2020–2025-yillarda TDYU qoshidagi Nagoya universitetining Yapon huquqini o‘rganish markazida o‘qigan. 2023–2024-yillarda JASSO stipendiyasi asosida Yaponiyadagi Nagoya universitetida tahsil olgan. 2025-yilda buxgalteriya hisobi kurslarini tamomlagan, 2026-yilda esa yapon tilidan JLPT N1 sertifikatini olgan.

Ko‘ngilli sifatida Arbitration Week Tashkent tadbirini tashkil etishga ko‘maklashgan, TSUL COURT doirasidagi o‘quv sud jarayonlari va huquqiy ma’rifat tadbirlarida qatnashgan. O‘zbek, rus, ingliz va yapon tillarini biladi.

Ish yo‘nalishlari
Shu yo‘nalishdagi hamkasblar
ABACUS jamoasi

Masalangizni yurist bilan muhokama qiling

Murojaatni dastlabki ko‘rib chiqish bepul. Ish kunlarida 24 soat ichida javob beramiz.

+998 97 733 30 40