Korporativ huquq, xalqaro bitimlar, shartnomalar bilan ishlash, mehnat huquqi va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishga ixtisoslashgan.
Shahbozbek mijozlarga korporativ va mehnat huquqi, xalqaro bitimlar, shartnomalar hamda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha maslahat beradi. ABACUS jamoasida chakana savdo, elektron tijorat va media sohalaridagi mijozlarning korporativ va tijorat loyihalariga huquqiy ko‘mak ko‘rsatadi.
U kompaniyalarning bitimlari va kundalik korporativ faoliyatini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi, elektron tijoratga oid shartnomalar va tashqi savdo kontraktlari bilan ishlaydi. Uning tajribasi mahsulot yetkazib berish shartnomalarini tuzish, chet el fuqarolarini ishga qabul qilish uchun hujjatlar tayyorlash va media kompaniyalariga yuridik xizmat ko‘rsatishni qamrab oladi.
Shahbozbek Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan (LL.B.).
Universitetning yuridik klinikasida (UWED Legal Clinic) ko‘ngilli sifatida bepul yuridik yordam ko‘rsatadi, o‘quv sud jarayonlari va huquqiy ma’rifat tadbirlarida qatnashadi. O‘zbek, rus, ingliz va arab tillarini biladi.





