Yangiliklar

ABACUS Kuala-Lumpurdagi AFC Legal Workshop 2026 seminarida ishtirok etdi

2026-yil 3–4-noyabr kunlari Osiyo futbol konfederatsiyasining (AFC) Malayziyaning Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida AFC Legal Workshop 2026 seminari bo‘lib o‘tdi. Huquqiy seminar Osiyo futbolida lozim darajadagi boshqaruv (Good Governance), huquqiy tartibga solish va halollikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi.

Kuala-Lumpurdagi AFC bosh qarorgohi oldida AFC Legal Workshop 2026 ishtirokchilari
AFC Legal Workshop 2026

Tadbir AFCning yurisdiksiyaviy organlari va Konfederatsiya Yuridik qo‘mitasi vakillarini, UEFA va Sport arbitraj sudi (CAS)dan taklif etilgan ekspertlarni, shuningdek, sport huquqi mutaxassislarini birlashtirdi.

ABACUS nomidan firma hamkori, sport huquqi mutaxassisi va AFCning klublarni musobaqalarga qo‘yish bo‘yicha organi (AFC Entry Control Body) raisi o‘rinbosari Umidjon Olimjonov ishtirok etdi.

AFC Legal Workshop 2026 huquqiy seminari ishtirokchilari tadbir davomida zalda
AFC Legal Workshop 2026

Dastur futboldagi intizomiy amaliyot va huquqni qo‘llash, diskriminatsiyaga qarshi kurashish va jins bo‘yicha musobaqalarga qo‘yish mezonlari, antidoping qoidalari hamda sport boshqaruvi masalalarini qamrab oldi. Ishtirokchilar, shuningdek, pul tikish va prognoz bozorlari bilan bog‘liq xatarlar, tijorat faoliyatining huquqiy jihatlari hamda sport tashkilotlarida ma’lumotlarni himoya qilish masalalarini muhokama qildi.

ABACUS uchun xalqaro professional tadbirlarda ishtirok etish tajriba almashish, xorijiy hamkasblar bilan hamkorlikni rivojlantirish va futbolni huquqiy qo‘llab-quvvatlashda zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash imkoniyatidir. Bu jamoaning sport huquqi bo‘yicha malakasini oshirish va xalqaro professional standartlarga amal qilish borasidagi ishining bir qismidir.

ABACUS sport tashkilotlari va sport loyihalari ishtirokchilariga komplayens va regulyativ talablar bo‘yicha maslahat beradi, nizolarni hal etishda huquqiy ko‘mak ko‘rsatadi hamda raqamli xizmatlarda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilishni yo‘lga qo‘yishga yordam beradi.

Matbuot markazi

Nashr mavzusi bo‘yicha savolingiz bormi?

ABACUS yuristlari qonunchilikdagi o‘zgarishlarni biznesingiz nuqtai nazaridan sharhlab beradi

+998 97 733 30 40